2 574
Sergelida 10 yoshli bolani urib, voqea joyidan qochib ketgan Cobalt haydovchisi qo‘lga olindi
Sergelida Cobalt urib ketishi oqibatida 10 yoshli bola vafot etgani xabar berilgan edi. Toshkent shahar IIBB voqea yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, voqea 26 noyabr kuni taxminan soat 13.00 da Lutfukor ko‘chasida yuz bergan. Avtoyuvish shoxobchasida norasmiy ishlovchi 19 yoshli yigit U.N. unga topshirilgan Cobalt avtomobilda boshqaruvga ruxsat beradigan hech qanday hujjatsiz yo‘lga chiqib, boshqarilmaydigan chorrahada 10 yoshli S.M.ni urib yuborgan. Bola olgan jarohatlari sababli voqea joyida vafot etgan. YTHdan so‘ng haydovchi voqea joyini tark etgan.
Holat yuzasidan shu kunning o‘zida, ya’ni 26 noyabr kuni Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odam o‘limiga sabab bo‘lishi) va 117-moddasi 2-qismi (xavf ostida qoldirish odam o‘limiga sabab bo‘lishi) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. U.N.ga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Shuningdek, YTH sodir etgan haydovchi avtoyuvish shoxobchasida O‘zbekiston qonunchiligiga muvofiq ishga joylashmagan, shu sababli tergov tomonidan avtoyuvish shoxobchasi rahbariga nisbatan tegishli chora ko‘rish haqida arznoma taqdim etiladi.
Bundan tashqari, dastlabki tergov davomida transport vositasini boshqarish huquqiga ega bo‘lmagan shaxsga boshqaruvni topshirgan avtomobil egasi va boshqa shaxslarning xatti-harakatlariga ham huquqiy baho berilishi ma’lum qilingan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz"
Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi
Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi
Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi
Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi
Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi
Makron fransuz qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish shartlarini aytdi