Yuk avtomobillari uchun Toshkent shahriga kirib-chiqishda cheklovlar o‘rnatilishi mumkin. Bu haqda Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, xalq deputatlari Toshkent shahar kengashiga Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan yo‘llarda tirbandlikning oldini olish maqsadida ertalab soat 7:00-10:00 va kechki 17:00-20:00 vaqtlar oralig‘ida Toshkent shahriga og‘ir yuk tashuvchi transport vositalarining kirib chiqishini cheklash haqida qaror qabul qilish taklifi kiritilgan.
Ushbu masala tez kunlarda Toshkent shahar kengashi deputatlari tomonidan ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgani aytiladi
“Agar deputatlar bu qarorni qabul qilishsa Toshkentda tirbandliklar biroz bo‘lsa ham kamayadi, deb umid qilamiz”, - deb yozadi deputat. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi
“Bayer” yangi asrning yangi rekordini o‘rnatdi
Murzoyev: "Qaysidir ma’noda baribir Indoneziya qulayroq raqib, biz musobaqa favoritimiz"
Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi
Toshkentda fuqarolarga hujjatsiz uylarni sotganlar qidirilmoqda
17 yoshli hindistonlik Dommaraju jahon shaxmat toji uchun kurashadi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi