Foto: IIBB
26 noyabr kuni taxminan soat 13.00 da Lutfukor ko‘chasida avtoyuvish shoxobchasida norasmiy ishlovchi 19 yoshli Ulug‘bek N. unga topshirilgan «Cobalt» (davlat raqami 10 N 106 RA) rusumli avtomobilda boshqaruvga ruxsat beradigan hech qanday hujjatsiz yo‘lga chiqib, boshqarilmaydigan chorrahada piyodani – 10 yoshli S.M.ni urib yuborgan.
S.M. olgan jarohatlari sababli voqea joyida hayotdan ko‘z yumgan. YTHdan so‘ng haydovchi voqea joyini tark etgan.
Mazkur holat bo‘yicha shu kunning o‘zida, ya’ni 26 noyabr kuni Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi va 117-moddasi 2-qismi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Ulug‘bek N.ga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanildi.
Shuningdek, YTH sodir etgan haydovchi avtoyuvish shoxobchasida O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq ishga joylashmagan, shu sababli tergov tomonidan avtoyuvish shoxobchasi rahbariga nisbatan tegishli chora ko‘rish haqida arznoma taqdim etilgan.
Bundan tashqari, dastlabki tergov davomida transport vositasini boshqarish huquqiga ega bo‘lmagan shaxsga boshqaruvni topshirgan avtomobil egasi va boshqa shaxslarning hatti-harakatlariga ham huquqiy baho beriladi. Tergov davom etmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

«Har kuz-qishida shu bo‘lar takror» – gaz zapravkalarda yana uzun navbatlar yuzaga kelmoqda

Toshkent viloyati bosh infeksionistiga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi kuchda qoldirildi

Xorazmda kanaldan olib chiqilgan Tico’dan rulga zanjir bilan bog‘langan 34 yoshli haydovchining murdasi topildi

Sirdaryoda mudhish YTH sodir bo‘ldi

O‘zbekistonda analog TV o‘chirilmoqda, raqamli TVga ulanmaganlar nima qilishi kerak?

“O‘zbekiston” teleradiokanalida “Muloqot vaqti” ko‘rsatuvi jonli ko‘rsatiladi