Foto: Namangan viloyat xalq ta’limi boshqarmasi axborot xizmati
Namanganlik maktab o‘quvchisi Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II dan maktub oldi. Bu haqda «Daryo» xabar bermoqda.
Azizbek Mirzaxanov Namangan shahridagi 33-umumta’lim maktabida tahsil oladi. Ingliz tili va Buyuk Britaniya tarixidan tashqari, mashhurlarning dastxatini to‘plashga ham qiziqadi.
Foto: Zohidjon Mamasoliyev
«Qirolicha har kuni dunyoning turli davlatlaridan yuboriladigan o‘nlab maktublarni erinmay o‘qib chiqishi haqida o‘qigandim. Shundan keyin menda ham u kishiga xat yuborish ishtiyoqi tug‘ildi. Maktubimda O‘zbekiston, jumladan, o‘zim tug‘ilib-o‘sgan Namangan shahri haqida hikoya qildim, ingliz tiliga qiziqishimni bildirdim, fotolar yubordim. Oradan uch-to‘rt oy o‘tib Vindzor qal’asidan javob xati keldi», — deydi Azizbek.
Javob xatida maktub uchun minnatdorlik bildirilgan va dastxat berish mavjud qoidalarga to‘g‘ri kelmasligi sababli qirolicha va uning turmush o‘rtog‘i fotosi yuborilgan.
Foto: Zohidjon Mamasoliyev
Azizbekning aytishicha, u kelgusida Buyuk Britaniyada o‘qishni niyat qilgan. Xobbisini ham tashlab qo‘ygani yo‘q: Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Checheniston rahbari Ramzan Qodirovga ham dastxat so‘rab maktub yo‘llagan, hozirda ularning javobini kutmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Oʻzbekiston yoʻllarida quyosh panelli radarlar oʻrnatiladi (video)
Xitoyda tarqalayotgan virus Qozogʻistonda ham aniqlandi
Janubiy Koreyada sodir boʻlayotgan muammolarning asl sababi nima?
Fargʻonada mas'uliyatsiz enaga jinoiy ish doirasida tergovga tortildi
Toshkentda harbiylar namoyishkorona piyoda yurishi boʻlib oʻtdi (foto)
AQShda temiryoʻl koʻprigi poyezd harakati vaqtida qulab tushdi
2024 yilning eng yaxshi sportchisi ma'lum qilindi
Ertaga vodiy viloyatlarida qor va yomgʻir yogʻishi mumkin