
Majburiy ijro byurosi organlari tomonidan joylarda voyaga yetmagan farzandlar ta’minoti uchun aliment qarzdorliklarini undirib berish bo‘yicha ijro harakatlari uzluksiz olib borilmoqda.
Jumladan,Byuroning Qibray tuman bulimi tomonidan qarzdor O.Egamberdiyevdan, undiruvchi K.Egamberdiyeva foydasiga 1/3 qism miqdorda aliment undirish to‘g‘risidagi ijro xujjati yuzasidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida farzandlar ta’minoti uchun 19.133.048 so‘m aliment qarzlari undirilib berildi.
Bo‘lim ish yurituvidagi yana bir ijro hujjati bo‘yicha, qarzdor A.Juravayevdan, undiruvchi D.Juravayeva foydasiga voyaga yetmagan ikki nafar farzandlari ta’minoti uchun aliment undirish yuzasidan ijro harakatlari davomida undiruvchi foydasiga 10.400.000 sum aliment karzdorligi undirildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar