Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati rahbari Shohrux G‘iyosov axborot tarqatishda etika qoidalariga rioya etishni so‘rab, ijtimoiy tarmoq faollariga murojaat qildi.
«Oxirgi kunlarda ayrim ijtimoiy tarmoqlarda, alohida davlat organlarining rahbarlari lavozimida qolishi yoki ketishi masalalarida tekshirilmagan va asossiz ma’lumotlarni tarqatish holatlari kuzatilmoqda.
Albatta, o‘z hurmatini bilgan har qanday ijod ahli, ommaga tarqatayotgan ma’lumoti tekshirilgani yoki hech bo‘lmaganda xolisligi xaqida qayg‘uradi, lekin shu bilan birga, so‘z erkinligini «taltayishga» yoki «masxarabozlikka» aylantirishga urinayotgan fuqarolarni ham kuzatishimiz mumkin.
Shu sababli, ayrim ijtimoiy tarmoq faollaridan oddiy etika qoidalariga rioya etishlarini hamda arzon piar ortidan quvishni bas qilishlarini so‘raymiz», – dedi Shohrux G‘iyosov.
Ma’lumot uchun, 1 dekabr kuni Telegram'dagi ayrim kanallarda ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov lavozimidan ozod etilgani haqida mish-mish tarqalgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi