
«2021 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida»gi Prezident Farmoni (PF–6122-son, 03.12.2020 y.) qabul qilindi.
Farmonga muvofiq, 2021 yilda fuqarolarning rasmiy sanalarni nishonlash davrida to‘liq dam olishi uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida 2021 yilda quyidagi qo‘shimcha dam olish kunlari belgilandi:
➖ 2 sentyabr – payshanba;
➖ 3 sentyabr – juma.
Shuningdek, 2021 yil 2 yanvar – shanba, 20 mart – shanba, 22 mart – dushanba va 4 sentyabr – shanba kunlari barcha xodimlar uchun ish haftasining turidan qat’i nazar, dam olish kunlari hisoblanadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar