21:00 / 04.12.2020
3 101

Yuk avtotransport xatlanganch, qarzdorlik to‘lab berildi

Yuk avtotransport xatlanganch, qarzdorlik to‘lab berildi
Majburiy ijro byurosi Uchqo‘rg‘on tuman bo‘limi davlat ijrochilari tomonidan banklar foydasiga kredit mablag‘larini undirish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar ko‘rib kelinmoqda.

Xususan, bo‘lim ish yurituvida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchqo‘rg‘on tumanlararo sudining 17.08.2020 yildagi 2-1602-2004/637 sonli ijro hujjatiga asosan qarzdor “Tepaqo‘rg‘on savdo qurilish” MChJ va qo‘shimcha javobgarlar “Toshbuloq qurilish” MChJ hamda B.G‘ofurovdan undiruvchi bank foydasiga jami 141.615.00 so‘m kredit qarzdorlik undirish belgilangan.

Davlat ijrochisi tomonidan qaror qabul qilinib, taraflarga yuborilgan. Qarzdorlikni bartaraf etish bo‘yicha ixtiyoriy muddat berilgan.
Biroq, qarzdor jamiyat kredit mablag‘ini bartaraf etmagani uchun ijro harakatlari davomida qo‘shimcha javobgar nomida bo‘lgan “SHAANXI SX3254DR384” rusumli yuk avtomashinasi aniqlanganva davlat ijrochisi tomondan xatlangan.

Transport vositasiga xatlangandan so‘ng, qarzdor tomondan 141.615.000 so‘m to‘liq to‘lab berildi va ijro hujjati amalda tamomlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yuk avtotransport xatlanganch, qarzdorlik to‘lab berildi