08:00 / 05.12.2020
1 301

Oilada COVID-19ga chalingan bemor bo‘lsa, yuqtirib olmaslik uchun nima qilish kerak?

Oilada COVID-19ga chalingan bemor bo‘lsa, yuqtirib olmaslik uchun nima qilish kerak?
Foto: «Yandex»
Agar oila a’zolaridan biri COVID-19ga chalingan bo‘lsa, koronavirusni yuqtirib olmaslik uchun nima qilish kerak? Rossiyalik shifokor-terapevt va immunolog Irina Yarseva bu borada qanday yo‘l tutish kerakligi to‘g‘risida maslahat berdi.

«Xonalarni tez-tez shamollatib turish lozim, bemor niqobda bo‘lishi shart, boshqalar taqmasa ham bo‘ladi. Iloji bo‘lsa, bemorni alohida xonaga o‘tkazish kerak. Sog‘lom oila a’zolari esa toza havodan nafas olish uchun tez-tez tashqariga chiqib turgani ma’qul. Imkon bo‘lsa, doimiy ishlab turadigan yopiq turdagi kvarsli chiroq xarid qilish kerak yoki ijaraga olib tursa ham bo‘ladi. Kuniga bir necha marta burunni tuzli eritma bilan yuvib turish tavsiya etiladi», — dedi Yarseva.

Bemorning sochig‘i va idish-tovoqlari alohida bo‘lishi shart. U oshxonaga kamroq kirgani ma’qul. Mabodo bir xil buyumlardan, masalan, telefon, kalit, televizor pultidan foydalanishga to‘g‘ri kelsa, spirtli salfetka yoki xlorli vosita bilan artish kerak.

«Ushbu virus havoda uzoq yashamaydi, buyum yuzalarida ham unchalik ko‘p jon saqlolmaydi. Xonalarni oddiy nam latta bilan tez-tez artib turish kifoya. Agar xlorli vositadan haddan tashqari ko‘p foydalanilsa, ahvolning yomonlashishiga olib keladi — nafas yo‘llari shilliq qavatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, uning toksik shikastlanishiga olib keladi. Natijada virusning ichkariga kirishi yanada osonlashadi. Shu bois hech qanday ortiqcha chora ko‘rishga hojat yo‘q — shunchaki namlab artish buyumlarning yuzasida virus konsentratsiyasining kamayishiga olib keladi», — deya ta’kidladi shifokor.

Terapevtning so‘zlariga ko‘ra, ko‘pincha bunday vaziyatda oilaning birgina a’zosi kasallikni boshidan o‘tkazadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)