Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yilning 9 oyi davomida FHDYO organlarida 614,7 ming nafar tug‘ilganlik holatlari qayd etildi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 24,9 ming nafarga ko‘p.
Qo‘mita axborot xizmati xabariga ko‘ra, tug‘ilganlik holatlari hududlar bo‘yicha tahlil qilinganda, eng ko‘p tug‘ilishlar soni Samarqand viloyatida (74,4 ming nafar), eng kami esa Sirdaryo viloyatida (15,6 ming nafar) qayd etilgani ma’lum bo‘lgan.
Ushbu ko‘rsatkich aholi soniga nisbatan tahlil qilinganda, Surxondaryo viloyatida eng ko‘p, ya’ni har ming nafar aholiga 28 nafar chaqaloq to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, Qoraqalpog‘iston Respublikasida eng kam, ya’ni har ming nafar aholiga 20 nafar chaqaloq to‘g‘ri kelgani kuzatildi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi