
Rux va qalay moddasi mavjud bo‘lgan tish pastalari ikki daqiqada koronavirusni 99,9 foiz zararsizlantirishga qodir ekani aytilmoqda. Laboratoriya tadqiqotlarini o‘tkazgan amerikalik olimlar shunday xulosalarga kelishdi. Tadqiqot natijalari «British Dental Journal»da chop etilgan.
Bundan tashqari, tadqiqotda setilpiridiniya xlorid bilan og‘izni chayib tashlash virusni yarim daqiqada yo‘q qilishini ko‘rsatgan.
Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, natijalar hayratlanarli, biroq virus yuqtirgan bemorni bu usulda davolab bo‘lmaydi. Bu usul faqat profilaktikada yordam berishi mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar