
O‘zbekistonlik talabalar joriy yilning 28 dekabridan qishki ta’tilga chiqadi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
«Oliy ta’lim muassasalari talabalari, akademik litsey va kasb-hunar maktablari o‘quvchilari uchun 2020 yil 28 dekabrdan 2021 yil 10 yanvargacha qishki ta’til etib belgilandi», deyiladi vazirlik xabarida.
2021 yil 11 yanvar — o‘qishning birinchi kuni bo‘ladi.
Bundan avvalroq Xalq ta’limi vazirligi umumta’lim maktablarida qishki ta’til boshlang‘ich sinflar uchun 25 dekabr, yuqori sinflar uchun 26 dekabrdan boshlanishi haqida xabar bergandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar