
Majburiy ijro byurosi Bulung‘ur tuman bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudining 2017 yil 12 oktabrdagi sud buyrug‘iga asosan qarzdor T.I.dan undiruvchi S.A. foydasiga bir nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy ta’minoti uchun daromadlarining to‘rtdan bir qismi miqdorida aliment undirish ko‘rsatilgan.
Bo‘lim xodimlari tomonidan qarzdor T.I. bilan profilaktik suhbatlar olib borilib, qonunchilikda belgilangan javobgarlik yuzasidan tushuntirish berildi.
Shundan so‘ng, qarzdor T.I. alimentdan bo‘lgan barcha qarzini to‘lash bilan birga farzandlari voyaga yetguniga qadar hisoblangan aliment pullarini to‘lash istagini bildiradi. Qarzdor T.I. tomonidan to‘langan jami 119 mln. 396 ming so‘m aliment pullari undiruvchi F.Normatovaga topshirilishi ta’minlandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar