23:32 / 17.12.2020
1 961

Sudya tomonidan ochiq muloqot o‘tkazildi

Sudya tomonidan ochiq muloqot o‘tkazildi
Jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoyasi kafolatlarini kuchaytirish odil sudlov oldiga qo‘yilgan eng muhim masalalardan biridir. Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirib borish qonun ustuvorligini ta’minlash va qonuniylikni mustahkamlashning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Navbahor tuman sudining raisi A.Ibodov tomonidan joriy yil 17 dekabr kuni, Navbahor tumani “Yangihayot” mahalla fuqarolar yig‘inida, joylarda jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, qabul qilingan qonunlar hamda sud hujjatlarini tushuntirish maqsadida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Ochiq muloqotda, sud raisi tomonidan qasddan odam o‘ldirish jinoyati uchun javobgarlik, giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar va ularning salbiy oqibatlari, qurol, o‘q-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalariga qonunga xilof ravishda egalik qilish jinoyatlari va ular uchun jazo choralari, oila turmush munosabatlarida sodir etilayotgan hamda qasddan badanga shikast yetkazish jinoyatlari va ularning salbiy oqibatlari haqida tushuntirishlar berib o‘tdi.

Shuningdek, shu yerning o‘zida sayyor sud majlisi o‘tkazilib, muqaddam turli jinoyatlarni sodir etgani uchun, sud hukmi bilan axloq tuzatish ishlari jazosiga sudlangan 5 nafar mahkumlarga nisbatan insonparvarlik prinsiplari qo‘llanib, ular o‘talmagan jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilindilar.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Navbahor tuman
sudining devonxona mudiri
B.Farmonov

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sudya tomonidan ochiq muloqot o‘tkazildi