07:37 / 19.12.2020
4 966

O‘zbekistonda hamshira, shifokor va o‘qituvchilarning maoshlari 2021 yilda bir necha baravar oshiriladi

O‘zbekistonda hamshira, shifokor va o‘qituvchilarning maoshlari 2021 yilda bir necha baravar oshiriladi
Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari Amrillo Inoyatov 2021 yilda hamshira, shifokor va o‘qituvchilarning maoshlari bir necha baravar oshirilishini ma’lum qildi. «Gazeta.uz»ning xabar berishicha bu haqda u «Toshkent yoshlar forumi — 2020»da aytib o‘tdi.

«Bu og‘riqli savol… Sizni ishontirib aytaman, muhtaram Prezidentimiz aytdilar, yaqin kunlarda, yaqinlashib kelayotgan 2021 yilda hamshira, shifokor va o‘qituvchilarning ish haqi bir necha baravar oshiriladi», — degan vazirning birinchi o‘rinbosari. U, shuningdek, xorijdagi o‘zbekistonlik mutaxassislarni vatanga qaytarish masalasiga ham to‘xtalib o‘tgan.

«Ular chet eldagi qulayliklar tufayli mamlakatni tark etishdi. Ularni qaytarishning yagona usuli — yaxshi ish haqi berish. Yaqinda Prezident biz birlamchi tibbiy yordam shifokorlarining ish haqini 1000 dollarga ko‘taramiz, deb e’lon qildi. Shunda ular o‘zlari qaytib kelishadi. Agar Afrikada ular o‘rtacha 3000 dollar maosh olsa, bu yerda 1000 dollar koeffitsiyenti bo‘yicha bu ish haqiga teng bo‘ladi. Biz endigina oyoqqa turayotgan yangi mamlakatmiz», — degan Amrillo Inoyatov.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 20 noyabr kuni Toshkentda tibbiyot xodimlari va pedagoglar bilan uchrashuvda o‘qituvchilar kabi shifokorlar ham 1000 dollar miqdorida maosh olishlari lozimligini ta’kidlagan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda hamshira, shifokor va o‘qituvchilarning maoshlari 2021 yilda bir necha baravar oshiriladi