4 987
O‘zbekistonda hamshira, shifokor va o‘qituvchilarning maoshlari 2021 yilda bir necha baravar oshiriladi
Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari Amrillo Inoyatov 2021 yilda hamshira, shifokor va o‘qituvchilarning maoshlari bir necha baravar oshirilishini ma’lum qildi. «Gazeta.uz»ning xabar berishicha bu haqda u «Toshkent yoshlar forumi — 2020»da aytib o‘tdi.
«Bu og‘riqli savol… Sizni ishontirib aytaman, muhtaram Prezidentimiz aytdilar, yaqin kunlarda, yaqinlashib kelayotgan 2021 yilda hamshira, shifokor va o‘qituvchilarning ish haqi bir necha baravar oshiriladi», — degan vazirning birinchi o‘rinbosari. U, shuningdek, xorijdagi o‘zbekistonlik mutaxassislarni vatanga qaytarish masalasiga ham to‘xtalib o‘tgan.
«Ular chet eldagi qulayliklar tufayli mamlakatni tark etishdi. Ularni qaytarishning yagona usuli — yaxshi ish haqi berish. Yaqinda Prezident biz birlamchi tibbiy yordam shifokorlarining ish haqini 1000 dollarga ko‘taramiz, deb e’lon qildi. Shunda ular o‘zlari qaytib kelishadi. Agar Afrikada ular o‘rtacha 3000 dollar maosh olsa, bu yerda 1000 dollar koeffitsiyenti bo‘yicha bu ish haqiga teng bo‘ladi. Biz endigina oyoqqa turayotgan yangi mamlakatmiz», — degan Amrillo Inoyatov.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 20 noyabr kuni Toshkentda tibbiyot xodimlari va pedagoglar bilan uchrashuvda o‘qituvchilar kabi shifokorlar ham 1000 dollar miqdorida maosh olishlari lozimligini ta’kidlagan edi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi