18:08 / 20.12.2020
2 569

2021 yilda Toshkentda nimalar amalga oshiriladi? Jahongir Ortiqxo‘jayev javob berdi

2021 yilda Toshkentda nimalar amalga oshiriladi? Jahongir Ortiqxo‘jayev javob berdi
19 dekabr kuni Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev “Tashkent city Congress Hall"ning «Shosh» zalida “2021 yilda poytaxtda yoshlar hayoti» mavzusida taqdimot bilan ishtirok etdi.

Shahar ma’muriyati rahbari kirib kelayotgan yilda poytaxtni rivojlantirish rejalari, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniyat va sport sohalarida yoshlar salohiyatini oshirish borasidagi yangi imkoniyatlar haqida gapirdi, Toshkent shahrida 2021 yilda yoshlar bilan amalga oshiriladigan ishlarni sanab o‘tdi.

Xususan, ta’lim, sport va madaniyat, IT-yo‘nalishi, yoshlar bandligini ta’minlash, ularni ijtimoiy qo‘llab quvvatlash bo‘yicha bir qator rejalarni e’lon qildi.

Toshkent hokimining ma’lum qilishicha, kelasi yilda poytaxtda Markaziy Osiyo xalqaro davlat ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etiladi, 128 ta mahallalarda kichik ko‘cha sporti maydonchalari (“Street Workout”, basketbol, voleybol, badminton) tashkil etiladi. 2021 yilda yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ularni sport va sog‘lom turmush tarziga keng jalb qilish maqsadida Chilonzor, Sergeli, Olmazor, Yashnobod tumanlarida yangi qurilayotgan ko‘p qavatli uylar atrofida 13 ta kichik sport maydonlari va 6 ta yengil konstruksiyali sport zallari quriladi.

Bundan tashqari, 12 ta sport inshootlaridagi mavjud 18 400 kv. metr bo‘sh hududlarda davlat xususiy sherikchilik asosida yangi sport inshootlari quriladi. 12 ta markaziy ko‘chalarda 50 km.dan iborat piyoda va velosipedda yurish uchun maxsus «Salomatlik yo‘laklari» tashkil etiladi.

IT-yo‘nalishda 2021 yilda «Yashnobod» innovatsion texnoparki ishga tushiriladi. Uning rezidentlari soni 60 taga yetkazilib, 720 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

Aholi hordiq chiqaradigan maskanlar soni ham ko‘payib, «Alisher Navoiy» nomidagi milliy bog‘ hududida 21 gektar hududda “Magic city” ko‘ngilochar bog‘i ishga tushiriladi. Shuningdek, Jahongir Ortiqxo‘jayev rejadagi qator loyihalarni sanab o‘tib, 2021 yilda ularning ijrosi ta’minlanishini bildirdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 2021 yilda Toshkentda nimalar amalga oshiriladi? Jahongir Ortiqxo‘jayev javob berdi