So‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro shahar prokurori Jasur Fozilovning videomurojaatlari keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.
Avvalroq, Bosh prokuratura tomonidan Buxoro shahridagi tadbirkorning Buxoro shahar prokurori J.Fozilovning xatti-harakatlaridan norozi bo‘lib yozgan arizasi yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilayotganligi haqida rasmiy bayonot berilgan.
Tekshiruvning xolisona va adolatli o‘tkazilishini ta’minlash, ish holatlariga to‘liq oydinlik kiritish, har qanday aralashuv va ta’sirlarning oldini olish maqsadida Buxoro shahar prokurori J.Fozilov 2020 yil 2 dekabr kuni xizmat vazifalarini bajarishdan vaqtincha chetlashtirilgan edi.
Xizmat tekshiruvi yakunlanganligi munosabati bilan Bosh prokurorning buyrug‘iga asosan J.Fozilov joriy yil 19 dekabrdan xizmat vazifalarini bajarishga kirishdi.
Xizmat tekshiruvida J.Fozilov o‘z xizmat vazifalarini lozim darajada bajarmasdan, mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘yib, o‘zi rahbarlik qilayotgan prokuratura ish yurituvida bo‘lgan jinoyat ishining tergovi ustidan nazoratni ta’minlamaganligi, amaldagi qonunchilik bilan muqobil tekshiruvlar bekor qilingan bo‘lsa-da, jinoyat ishiga aloqasi bo‘lmagan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar mansabdor shaxslarini tergovga jalb qilib, so‘roq qilish orqali muqobil tekshirish, shuningdek, asossiz ravishda tadbirkorni chaqirtirish va majburiy keltirish haqida qo‘l ostidagi tergovchiga topshiriq berganligi aniqlandi.
Shularga ko‘ra, Bosh prokurorning 21.12.2020 yildagi buyrug‘i bilan Buxoro shahar prokurori J.Fozilovga «Hayfsan» intizomiy jazosi qo‘llanildi, deyiladi Bosh prokuratura xabarida. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi!
Ukraina milliy banki noxush ma’lumotni oshkor etdi
Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video)
Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin
Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi
O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti
O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi
Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi