08:30 / 23.12.2020
3 561

Koson hokimi o‘rinbosari murojaatchi bilan yotgan holda muloqot qildi (video)

Koson hokimi o‘rinbosari murojaatchi bilan yotgan holda muloqot qildi (video)
Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Koson tumani hokimi o‘rinbosari Ubaydulla Ochilovning fuqaro murojaatini yotgan holda eshitayotgani tasvirlangan video tarqaldi. Hokimlik axborot xizmatining ma’lum qilishicha, o‘rinbosar bu ishini o‘sha paytda sog‘lig‘ida muammo borligi bilan izohlagan.

Videotasvirlardan anglashilishicha, fuqaro xonadonida bo‘lgan o‘rinbosar unga uy-joy olishi uchun ko‘maklashishini va’da qilgan. Biroq va’da o‘z vaqtida bajarilmagach, fuqaro muloqot davomida bunga izoh so‘ragan. O‘rinbosar Ubaydulla Ochilov esa ayni paytda uy-joylar bilan shug‘ullanmayotganini, undan bu vakolat olinganini bildirgan.

Fuqaroning «2020 yil uy beramiz deb va’da qilgandingiz-ku», degan savoliga «2020 yil kelsin-chi, hali xat kelgani yo‘q, kelsin, tartibi kelsin», deb javob berilganidan ma’lum bo‘ladiki, voqea 2020 yilga qadar sodir bo‘lgan.

Murojaatchi fuqaro u bilan yotib muloqot qilayotgan hokim o‘rinbosariga unga uy berilishi va’da qilingan gaplarni tasvirga tushirganini aytadi. Hokim o‘rinbosari esa videolarni yo‘qotmaslikni, imkoni bo‘lsa ikki-uchta nusxa qilib qo‘yishni maslahat beradi. Bundan ajablangan murojaatchi mas’ulga «Hamma murojaatchilar bilan shunday yotib gaplashasizmi?», deya savol beradi. Hokim o‘rinbosari esa hali tushlik ham qilmaganini aytadi.

«Daryo» muxbiri vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida hokimlik axborot xizmati rahbari Dilshod Nabiyev bilan suhbatlashdi.
«Voqea 2019 yilning noyabr oyida sodir bo‘lgan ekan, o‘sha paytda o‘rinbosarning sog‘lig‘ida muammo borligi sabab yotib gaplashishga majbur bo‘lgan. Buni fuqaroga ham tushuntirgan ekan», — dedi Koson tumani hokimligi axborot xizmati rahbari Dilshod Nabiyev.

Murojaatchilar bilan yotgan holda muloqot qilgan hokim o‘rinbosariga qanday chora qo‘llanilgani hozircha noma’lum.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Koson hokimi o‘rinbosari murojaatchi bilan yotgan holda muloqot qildi (video)