Foto: «Unsplash»
Olimlar o‘ng va chap qo‘lda o‘lchangan arterial qon bosimidagi farq insult, yurak xuruji va erta o‘lim xavfiga ishora qilishini aniqlashdi. «Hypertension» jurnalida chop etilgan maqolada xavotirli yangi alomatlar haqida ma’lumot berilgan.
Tadqiqotchilar Yevropa, AQSH, Afrika va Osiyodan qariyb 54 ming kishi ishtirok etgan 24 ta turli xil tadqiqotlarni tahlil qilishdi. Mutaxassislar qo‘llar orasidagi arterial qon bosimining farqiga oid ma’lumotlarni o‘rganib chiqdilar va o‘n yil davomida yuz bergan o‘lim, insult va yurak xurujlari sonini kuzatdilar.
Ikkala qo‘lda sistolik (yuqori) arterial qon bosimi ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi sezilarli farq qon tomirlarining torayishi yoki qon oqimiga ta’sir qiladigan arteriyalarning qattiqligini ko‘rsatishi mumkin.
Ma’lum bo‘lishicha, simob ustunida har bir millimetr farq keyingi 10 yil davomida stenokardiya, infarkt yoki insult xavfini bir foizga oshirgan. Simob ustunidagi 10 millimetrlik farq esa me’yorning yuqori chegarasi hisoblanadi.
Me’yordan oshish qon bosimidan qiynaluvchi odamlarning 11 foizida uchraydi, bu esa aholining to‘rt foiziga to‘g‘ri keladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi
Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi
Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashadi, lekin...
Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi
O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p?
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda?
“Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto)