1 963
Toshkentdagi koronavirusga qarshi vaksinalar sinovida hozircha nojo‘ya ta’sir aniqlanmadi
Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov Toshkent shahrida joylashgan uchta poliklinikada ko‘ngillilarda koronavirusga qarshi vaksinalar sinovi o‘tkazilayotganini ma’lum qildi. Bu haqda vazir «O‘zbekiston 24» telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tgan.
«Toshkent shahridagi uchta poliklinikada ko‘ngillilarda koronavirusga qarshi vaksinalar sinovini boshlab yubordik. Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish jarayoni — bu eng ko‘p vaqt oladigan jarayon hisoblanadi, u ommaviy emlash jarayoni emas. Bu ilmiy-tadqiqot jarayonidir.
Uchinchi sinovlarning boshida vazirligimiz rahbariyati, shaxsan o‘zim ham bir oy oldin vaksina bilan emlandik. Bir oy ichida o‘zimizda birorta nojo‘ya ta’sirlarni sezganimiz yo‘q. Dastlabki natijalar antitanalar hosil bo‘layotganini ko‘rsatmoqda.
Ushbu vaksina genlar injenerligi yo‘li bilan yaratilgan, rekombinant oqsilga asoslangan vaksinadir. Bunda oqsilning kichkina bo‘lagi klonlashtirilib, bunda virus strukturasidagi boshqa birorta komponent inson organizmiga yaqinlashmaydi. Ko‘ngilli sifatida ishtirok etayotgan xalqimizga katta rahmat aytamiz, bu jarayonni samarali yakunlaymiz degan umiddaman», — deydi innovatsion rivojlanish vaziri.
Avvalroq Ibrohim Abdurahmonov bir necha ko‘ngillilar, shu jumladan, o‘z oila a’zolari ham ikki hafta oldin Xitoy rekombinant vaksinasini olgani, 14 kundan beri birorta nojo‘ya ta’siri kuzatilmaganini ma’lum qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, dekabr oyi boshlarida Rossiya sanoat va savdo vaziri Denis Manturov O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tkazish va mamlakat hududida vaksinalar ishlab chiqarish sanoatini ishga tushirish uchun zarur bo‘lgan koronavirusga qarshi «Sputnik V» vaksinasining 100 ta dozasini shaxsan o‘zi Toshkentga olib kelgan edi.
Noyabr oxirida esa sog‘liqni saqlash vaziri 2020 yil oxiri yoki 2021 yil boshlarida O‘zbekiston «Sputnik V» vaksinasining klinik sinovlariga kirishishni mo‘ljallayotganini ma’lum qilgandi. O‘zbekistonda 2021 yilning iyuniga qadar 60 foizgacha aholini koronavirusga qarshi emlash rejalashtirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim”
Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi
O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi?
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi (video)
Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi
Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi
Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi”