20:23 / 25.12.2020
1 832

Bojxona to‘lovlaridan qochishga bo‘lgan urinishga chek qo‘yildi

Bojxona to‘lovlaridan qochishga bo‘lgan urinishga chek qo‘yildi
Bojxona to‘lovlarini chetlab o‘tishga bo‘lgan urinishlarga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.
Amaldagi tartibga ko‘ra, bojxona organlari tovarlar chiqarib yuborilganidan keyin ham bojxona nazoratini amalga oshirishga haqli.

Xususan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 martdagi PQ-4230-sonli qaroriga asosan imtiyoz asosida “erkin muomala chiqarish” bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan “KIA BONGO” rusumli yuk tashishga mo‘ljallangan avtotransport vositasi belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazildi.

Mazkur transport vositasi unga rasmiylashtirilgan bojxona yuk deklaratsiyasi ma’lumotlari asosida solishtirilganda, hujjatlarda transport vositasi “dizel yoqilg‘isida harakatlanadi” deya ko‘rsatilganligi, amalda esa propan gaz yonilg‘isida harakatlanib kelayotganligi aniqlandi.

Ma’lum bo‘lishicha, uddaburon transport vositasini 251,7 mln. so‘mlik bojxona to‘lovlaridan qochish maqsadida ushbu qonunbuzarlikka yo‘l qo‘yganligi aniqlandi. Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bojxona to‘lovlaridan qochishga bo‘lgan urinishga chek qo‘yildi