Bojxona to‘lovlarini chetlab o‘tishga bo‘lgan urinishlarga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.
Amaldagi tartibga ko‘ra, bojxona organlari tovarlar chiqarib yuborilganidan keyin ham bojxona nazoratini amalga oshirishga haqli.
Xususan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 martdagi PQ-4230-sonli qaroriga asosan imtiyoz asosida “erkin muomala chiqarish” bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan “KIA BONGO” rusumli yuk tashishga mo‘ljallangan avtotransport vositasi belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazildi.
Mazkur transport vositasi unga rasmiylashtirilgan bojxona yuk deklaratsiyasi ma’lumotlari asosida solishtirilganda, hujjatlarda transport vositasi “dizel yoqilg‘isida harakatlanadi” deya ko‘rsatilganligi, amalda esa propan gaz yonilg‘isida harakatlanib kelayotganligi aniqlandi.
Ma’lum bo‘lishicha, uddaburon transport vositasini 251,7 mln. so‘mlik bojxona to‘lovlaridan qochish maqsadida ushbu qonunbuzarlikka yo‘l qo‘yganligi aniqlandi. Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi