Foto: tbld.uz
Rossiyalik reper Morgenshtern o‘ziga tegishli «Mercedes» avtomobilini O‘zbekistonga olib kelib, buxorolik yigitga sovg‘a qilish uchun qancha pul sarflaganini aytdi. U bu haqda o‘zining YouTube-kanaliga joylashtirgan videosida ma’lum qildi.
Avvalroq Kun.uz Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmatidan olgan ma’lumotga ko‘ra, Morgenshtern «Mercedes-Benz E 200»ni O‘zbekistonga olib kirish uchun jami 340 mln so‘m bojxona to‘lovlarini to‘lagani ma’lum bo‘lgandi.
Morgenshternning so‘zlariga ko‘ra, u bojxona to‘lovlaridan tashqari avtomobilni samolyotda olib kelish uchun qariyb 56 mln so‘m sarflagan.
Bundan tashqari, artist avtomobilning Rossiyada berilgan davlat raqamini O‘zbekiston davlat raqamiga almashtirish uchun ham pul to‘lagan.
Morgenshternning ta’kidlashicha, qator qoidalar bois avtomobilni O‘zbekistonga olib kirish qiyin bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, rossiyalik taniqli reper Alisher Valeyev – Morgenshtern Instagram'da Give-away tanlovini e’lon qilgan, tanlovga qo‘yilgan superyutuq – «Mercedes-Benz E 200» avtomobili buxorolik Azim Abdullayevga nasib qilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi