1 yanvargacha Sergeli yo‘nalishi bo‘ylab metroda harakatlanish bepul

1 yanvargacha Sergeli yo‘nalishi bo‘ylab metroda harakatlanish bepul
Toshkent metropolitenining Sergeli yo‘nalishi 26 dekabr soat 16:00 dan boshlab xizmat ko‘rsata boshladi.

«O‘zbekiston temir yo‘llari» matbuot xizmatining xabar berishicha, bugundan boshlab 2021 yil 1 yanvar soat 8:00 gacha ushbu yo‘nalishning «Bekat-1», «Bekat-2», «Bekat-3», «Bekat-4», «Bekat-5» stansiyalarida harakatlanish bepul bo‘ladi. Biroq bepul xizmat faqat yangi yo‘nalishdan transportga chiqilganda amal qiladi. Ya’ni agar yo‘lovchi Chilonzor yo‘nalishida transportga chiqqan bo‘lsa xizmat pullik bo‘ladi.

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar