
Bugun, 26 dekabr kuni Termiz shahrida Yangi yil uchun bezatilgan archa 20metr/sekund tezlikda qor aralash kuchli shamol tufayli qulab tushdi. Ushbu qulagan archa suratlari ijtimoiy tamroqlarda tarqaldi.
Termiz shahar hokimligining ma’lum qilishicha, hozirda archa karkasini ta’mirlash maqsadida demontaj ishlari olib borilmoqda.
"Tez fursatlarda yangi yil archasi ta’mirlanib, o‘z o‘rnida qaytib o‘rnatiladi va madaniy tadbirlar dastur asosida davom ettiriladi", deyilgan hokimlik xabarida.
Eslatib o‘tamiz, sal avval Farg‘onada bezatilgan katta archa yonib ketgani xabar qilingan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar