O‘zbekiston Respublikasi DXX hamda IIV xodimlari «COVID-19» kasalligini aniqlashda PZR-test ma’lumotnomalarini soxtalashtirib, «Toshkent» xalqaro aeroportida yo‘lovchilarga sotish bilan shug‘ullanuvchi guruhni fosh qildi.
Ya’ni «Toshkent — Moskva» yo‘nalishida uchayotgan Buxoro viloyati Jondor tumanida yashovchi 4 nafar fuqaroning hujjatlari tekshirilganida ularning PZR-test ma’lumotnomalari soxta ekani aniqlandi.
Tezkor harakatlar davomida, mazkur shaxslar «COVID-19» kasalligini aniqlash bo‘yicha test topshirmasdan, ushbu soxta ma’lumotnomalarni Buxoro viloyatida tug‘ilgan «Q.E.» va Xorazm viloyatida tug‘ilgan «M.M.»lardan sotib olganliklari ma’lum bo‘lgan.
Ushbu «uddaburonlar»ga soxta ma’lumotnomalarni Toshkent shahrida yashovchi «M.N.» va «K.A.»lar tayyorlab, yetkazib turishgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi
Amerikalik xonanda Billi Aylish noodatiy fobiyasi haqida so‘zlab berdi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Saylovoldi kurashida Tramp Baydenni ortda qoldirmoqda
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi