Respublika maxsus komissiyasi yurtimizda koronavirus bilan bog‘liq epidemiologik vaziyatning biroz barqarorlashganligini inobatga olib, Yangi yil bayrami munosabati bilan 2020 yil 31 dekabr va 2021 yil 1 yanvar kunlari to‘yxona, mehmonxona, restoran hamda kafelarda 30 kishidan ko‘p bo‘lgan ko‘ngilochar tadbirlarni koronavirusga PZR test yoki ekspress-test tekshiruvi asosida tashkil etilishiga istisno tariqasida ruxsat berdi.
30 kishidan ko‘p bo‘lgan ko‘ngilochar tadbirlarni tashkil etuvchi to‘yxona, mehmonxona, restoran va kafelarda:
- shartnoma asosida sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlarini jalb etgan holda epidemiologik tartiblarga rioya etilishi ustidan nazorat o‘rnatilishi;
- koronavirusga PZR test natijasi bo‘lmagan tashrif buyuruvchilar uchun xususiy laboratoriya yoki sanitariya-epidemiologiya xizmati bilan shartnoma asosida joyida koronavirusga ekspress-test tekshiruvini yo‘lga qo‘yilishi talab etiladi.
Respublika masus komissiyasining ushbu qarori xalqimizning bayram tadbirlarini yuqori kayfiyatda nishonlashiga sharoit yaratib berishni ko‘zda tutadi. Yurtdoshlarimizdan bayram kunlarida o‘zlari hamda yaqinlarining sog‘liqlariga befarq bo‘lmasdan, tibbiy niqoblardan to‘g‘ri foydalanib, qo‘yilgan talablarga qat’iy rioya etishlarini so‘raladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Peterburgda yong‘in vaqtida odamlarni qutqargan o‘zbekistonlikka surat sovg‘a qilindi
Qodirovning 16 yashar o‘g‘li Putin nomidagi Rossiya maxsus kuchlari universiteti kuratori bo‘ldi
Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi!
Vadim Abramov: "Vazifamiz keyingi bosqichga chiqish edi, afsuski, buni uddalay olmadik"
Saidjamshid Ja’farov qozog‘istonlik raqibini mag‘lub etib, IBA Asia kamarini qo‘lga kiritdi
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Telegram Ukraina «GUR»ning «razvedka boti»ni blokladi