Akmal Saidov: So‘nggi 4 yilda O‘zbekiston eng ko‘p yutuqqa erishgan yo‘nalish – tashqi siyosat

1 daqiqa o'qish2.3K
Akmal Saidov: So‘nggi 4 yilda O‘zbekiston eng ko‘p yutuqqa erishgan yo‘nalish – tashqi siyosat
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikerining 1-o‘rinbosari, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz direktori Akmal Saidov Xalqaro press-klub sessiyasida so‘zga chiqdi.

«So‘nggi to‘rt yilda O‘zbekistonning eng ko‘p yutuqlarga erishgan sohasi bu – tashqi siyosat. Haqiqatan, O‘zbekistonning xalqaro obro‘si, imiji o‘zgardi. O‘zbekistonga bo‘lgan munosabat tubdan o‘zgardi.

Buning asosiy sababi – ichki siyosatdagi erishilgan yutuqlar, deb bilaman. Chunki tashqi siyosatdagi yutuqlar bu ichki siyosatning uzviy davomidir. Agar ichki siyosatda o‘zgarish bo‘lmasa, tashqi siyosatda bo‘lmaydi.

Oldin biz 25 yilda bitta rezolyutsiyani tashabbus qilgandik. So‘nggi yillarda O‘zbekiston tashabbusi bilan bir yilda 3ta rezolyutsiya qabul qilindi. O‘zbekiston endi xalqaro norma ijodkorlikda ham faol bo‘lyapti
», – deydi Saidov.

U, shuningdek, O‘zbekistonda so‘nggi to‘rt yilda erishilgan katta yutuqlardan yana biri – bu inson huquqlari yo‘nalishi ekanini qayd etdi.

«Ko‘p yillar davomida O‘zbekiston tanqid ob’yekti edi. Hozirgi kunda esa O‘zbekistonning ijobiy demokratik tajribasi o‘rganish ob’yektiga aylandi. Namuna bo‘lyapti. Diniy erkinlik bo‘yicha AQSH davlat departamenti ro‘yxatdan chiqarishda O‘zbekiston tajribasi boshqa davlatlarga o‘rnak bo‘ladi, deb aytyapti.

O‘zbekistonda inson huquqlari bo‘yicha noyob milliy institutlar tizimi shakllandi. Avval faqat Ombudsman va Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz bor edi. Keyingi yillarda biznes ombudsman instituti shakllandi. O‘tgan yili esa bola huquqlari bo‘yicha Ombudsman tuzildi
», – deydi Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz direktori.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?