Foto: «Daryo»
Andijonda yoshlar tashabbusi bilan Yangi yil bayramini ko‘tarinki ruhda nishonlash, bayramni munosib o‘tkazish maqsadida «Yangi yilga 1000 ta Qorbobo» loyihasi tashkil etildi. Shu munosabat bilan 2020 yil 29 dekabr kuni Andijon shahridagi Zahiriddin Muhammad Bobur maydonida 500 ga yaqin Qorbobo yig‘ildi, deya xabar bermoqda «Daryo nashri.
Yoshlar ishlari agentligi Andijon viloyati boshqarmasi axborot xizmati rahbari Javohir Abubakirovning ma’lum qilishicha, viloyatning faol va ko‘ngilli yoshlari tashabbusi bilan olis hududlarda yashovchi imkoniyati cheklangan bolajonlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlari ko‘nglini ko‘tarish maqsadida yosh tadbirkorlar va homiylar tomonidan «Yangi yilga 1000 ta Qorbobo» loyihasi tashkil etilgan.
Foto: «Daryo»
Foto: «Daryo»
«Loyiha doirasida 30—31 dekabr kunlari Qorbobolar 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga bayram shukuhini ulashish uchun har bir mahallada, ko‘chalar, ko‘p qavatli uylar oldida va bolalar maydonchalarida bayram tadbirlarini tashkil etib, imkoniyati cheklangan o‘g‘il-qizlar, kam ta’minlangan oilalar farzandlarining ko‘nglini olishga hamda ularga homiylarning bayram sovg‘alarini yetkazib berishga harakat qiladi», — deydi Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi boshlig‘i Oybek Yo‘ldoshev. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Global Janub kimniki?