17:47 / 01.01.2021
2 262

O‘zbekistondagi Coca-Cola’ning davlat ulushini sotib olish uchun 3 ta taklif tushgani ma’lum qilindi

O‘zbekistondagi Coca-Cola’ning davlat ulushini sotib olish uchun 3 ta taklif tushgani ma’lum qilindi
O‘zbekiston Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov Xalqaro press-klubning 30 dekabr kungi sessiyasida Coca-Cola Bottlers Uzbekistan, Ltd MCHJdagi davlat ulushini sotish bo‘yicha olib borilayotgan tayyorgarlik ishlari haqida gapirdi.

«Bugungi kungacha 3 ta taklif kelib tushgan. Tartib-qoidaga binoan buni hozir ayta olmayman. Bu bo‘yicha auksion bo‘ladi. Rotshild kompaniyasi kelgan takliflarni yig‘adi. U auksionning bir ‘ploshadka’si hisoblanyapti. Masalan, Rotshild’lar ‘bu kompaniya 40 million (dollar) bildirdi, bunisi 50 million yoki 70 million dollar’ deb kelib tushgan takliflarni bizga taqdim etadi. Kimdir 70 million bermoqchi bo‘lsa, shu bilan O‘zbekiston hukumati muzokarani boshlaydi. Buning ma’nosi shu narxni yana ham ko‘paytirish bo‘ladi’, — degan Jamshid Qo‘chqorov.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yilda O‘zbekiston hukumati Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston Ltd MCHJ QKdagi ulushini xorijiy investorga sotmoqchi ekanligi ma’lum qilingan edi. Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bitimda vositachi sifatida ishtirok etishi kerak edi. Biroq keyinroq mamlakat hukumatining ustuvor rejalari o‘zgargani sabab jarayon to‘xtab qolgan edi.

2020 yilning mart oyida esa Coca-Cola O‘zbekistonga 31 million dollar investitsiya kiritishni rejalashtirayotgani, iyun oxirlarida esa Coca-Cola kompaniyasi ommaviy savdolar asosida xususiylashtirilishi to‘g‘risida xabar berilgandi. Shu yilning avgustida esa Coca-Cola’ning davlat ulushi ikkinchi marotaba sotuvga qo‘yilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistondagi Coca-Cola’ning davlat ulushini sotib olish uchun 3 ta taklif tushgani ma’lum qilindi