18:10 / 06.01.2021
1 814

Qarzdor ota sud zalida aliment pullarini to‘lab berdi

Qarzdor ota sud zalida aliment pullarini to‘lab berdi
Ma’lumki, yurtimizda bolalarning barcha huquqlari qatori moddiy ta’minot olish huquqi ham qonun bilan kafolatlangan. Xususan, Konstitutsiyamizning 64-moddasiga ko‘ra, ota-onalar o‘z farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburdirlar.

Ammo hayotda turli sabablarga ko‘ra, oilaning buzilishi natijasida alohida yashaydigan ota yoki onaning bola ta’minotida ish­tiroki o‘ta dolzarb muammoga aylanadi.

Shuning uchun amaldagi Oila kodeksining 96-moddasida ota-onaning voyaga yetmagan bolalariga ta’minot berishi shart ekani qat’iy belgilab qo‘­yilgan.

Agar ota yoki ona ushbu qonuniy talabni ixtiyoriy ravishda bajarmasa, bola ta’minoti uchun aliment sudning hal qiluv qarori yoki sud buyrug‘iga asosan undiriladi.

Bu hayotda farzand tarbiyasi, uning ta’minoti har bir ota-ona zimma­sida­gi o‘ta sharafli va ayni paytda mas’uliyatli vazifa sanaladi. Biroq hayotda ana shunday mas’uliyatli vazifani o‘z ixtiyori bilan bajarishdan bosh tortadigan ota-onalar ham uchrab turadi. Albatta, bunday vaziyatda bola ta’minoti uchun aliment sudning hal qiluv qaroriga asosan undiriladi.

Masalan, qarzdor R.L. Guliston shahrida yashab kelib, 4 oy davomida aliment pulini to‘lab berishdan qasddan bo‘yin tovlab kelgan.

Shu sababli, Guliston shahar ma’muriy sudi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining 47(4)-moddasi 1-qismi bilan aybli deb topilgan. Unga tayinlangan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosini o‘tab chiqib, bundan o‘ziga tegishli xulosa chiqarmasdan, bir nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy ta’minoti uchun 20.01.2019 yildan 01.12.2020 yilga qadar bo‘lgan davr uchun hisoblangan jami 8 mln. 383 ming so‘m aliment pullarini to‘lamasdan , voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxsni moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlashda ifodalangan jinoyatni sodir qilgan.

Mazkur holat yuzasidan R.L.ning xatti-harakatlarida "Moddiy yordamga muxtoj bo‘lgan voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxsni moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlash" ya’ni, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 122-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyat tarkibi mavjudligini inobatga olib, unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv harakatlari olib borildi va ayblov dalolatnomasi bilan JIB Guliston shahar sudiga yuborildi.

Jabrlanuvchi O.D. sudga ariza bilan murojaat qilib, ayblanuvchi R.L.dan 8 mln. 383 ming so‘m aliment pullarini sud majlisida ihtiyoriy ravishda to‘liq to‘lab berganligi, ular o‘zaro yarashib olganliklari sababli jinoyat ishini o‘zaro yarashuvga asosan tugatishni so‘ragan. Shunga ko‘ra, sudning ajrimi bilan O‘zbekiston Respublikasi JKning 122-moddasi 1-qismi bilan L.R.ga oid jinoyat ishi yarashganligi munosabati bilan tugatildi.

Xulosa qilib aytganda, aliment bu qarz emas, balki farzandning u voyaga yet­gunga qadar beriladigan ta’minotidir. Buni bajarish esa, har bir ota-onaning burchidir.

Ikromxon Ubaydullayev,
Byuroning Sirdaryo viloyat boshqarmasi katta surishtiruvchisi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qarzdor ota sud zalida aliment pullarini to‘lab berdi