2000 yil avgust oyida mamlakatimizning janubiy chegaralarini buzib kirishga uringan qabih niyatli to‘daga qarshi kurashda o‘z jonini fido qilganlar orasida surxondaryolik serjant Muhiddin Eshtemirov ham bor edi. Yurtimiz osoyishtaligiga, xalqimiz tinchligiga ko‘z olaytirgan g‘animlar bilan olishuvda Muhiddin Eshtemirov va uning bir qator quroldoshlari Vatan himoyasi uchun ko‘ksini qalqon qilgandi. Oradan yigirma yil o‘tgan bo‘lsa-da, bugungi osuda hayotimiz uchun halok bo‘lganlar xotirasi takror va takror yodga olinadi.
Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugi tasarrufidagi Termiz garnizoni harbiy xizmatchilari 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni oldidan Muhiddin Eshtemirov xonadonida bo‘ldilar. Harbiy xizmatchilarning yo‘qlovi farzandidan erta ayrilgan Manzura aya Dillayeva ko‘nglini tog‘day ko‘tardi. Manzura aya o‘g‘lining qahramonligini aks ettiruvchi har bir buyumga nazar tashlar ekan, Muhiddinjonimni sizlarning siymolaringizda hamisha tirik ko‘raman, deya ko‘ziga yosh oldi. Judolik qanchalik og‘ir bo‘lmasin, Manzura aya o‘g‘li bosib o‘tgan hayot yo‘li haqida gapirib berishga o‘zida kuch topa oldi.
Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni o‘rinbosari polkovnik Qodirjon Tursunov Manzura ayaga taskin berib, Muhiddin Eshtemirov kabi o‘g‘lonlarning jasorati hamisha yoshlar uchun mardlik namunasi bo‘lishini ta’kidladi. Manzura ayaning xotiralari asosida bo‘lib o‘tgan suhbatdan so‘ng harbiy xizmatchilar o‘zlari bilan olib kelgan sovg‘alarni xonadon egasiga topshirdilar. O‘z navbatida Manzura aya Dillayeva ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rliklar va e’tibor uchun minnatdorchilik bildirib, yurtimiz tinch-osoyishta bo‘lishini tilab duo qildi.
III darajali serjant Akbar AHMЕDOV,
Termiz garnizoni
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Termiz garnizoni
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Frontdagi vaziyat: RF armiyasi Donetsk oblastida mudofaani yorib o‘tdi
Fransiya Germaniyani Yevropa mudofaasini birgalikda kuchaytirishga chaqirdi
Xitoyda tornado besh kishining umriga zomin bo‘ldi (video)
YECHL. “Bavariya” va “Real” o‘rtasidagi dastlabki uchrashuvda jangovar durang qayd etildi
Futzal, Osiyo kubogi. O‘zbekiston terma jamoasining Tojikistonga qarshi asosiy tarkibi
Sirskiy Rossiya Donetsk oblastida taktik yutuqlarga erishayotgani haqida gapirdi
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontda vaziyat keskin, Rossiya taktik muvaffaqiyatga erishdi”