18:07 / 08.01.2021
2 389

Fotoradarga tushib qolmaslik uchun mashinasi raqamiga «jasad bor» yozgan haydovchi aniqlandi

Fotoradarga tushib qolmaslik uchun mashinasi raqamiga «jasad bor» yozgan haydovchi aniqlandi
Foto: YHXBB mabuot xizmati
Jizzaxda fotoradarga tushib qolmaslik maqsadida avtomobil raqamini yashirgan haydovchilar aniqlandi. Bu haqda YHXBB mabuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 7 yanvar kuni Jizzax viloyati hududida joylashgan «Manas-14» muntazam YPX maskanida xizmat olib borgan YPX xodimlari tomonidan ushbu maskandan harakatlanib o‘tayotgan davlat raqam belgisi ustiga «Gruz-200» yozuvi yozilgan qog‘ozni yopishtirib olgan Cobalt avtomobili to‘xtatilgan.

Haydovchi avtomobilda inson jasadini ayrim sabablarga ko‘ra olib ketayotganini aytgan. Xolislar ishtirokida avtomobil saloni va yukxonasi tekshirilganda, haydovchining so‘zlari yolg‘on ekani, haydovchi yo‘llardagi fotoradarlarga tushib qolmaslik, tezlikni me’yoridan oshirib transport vositasini boshqarish maqsadida ana shunday yolg‘onni o‘ylab topgani ma’lum bo‘lgan.

Shuningdek, orqa va old davlat raqam belgisi loy bilan berkitib olingan Epica avtomobili to‘xtatilganda, uning haydovchisi ham xuddi Cobalt haydovchisi kabi yo‘llardagi fotoradarlarga tushib qolmaslik, tezlikni me’yoridan oshirib transport vositasini boshqarish maqsadini ko‘zlagani ma’lum bo‘lgan.

Foto: YHXBB mabuot xizmati
Har ikkala avtomobil haydovchisiga nisbatan Yo‘l harakati qoidalarining 3-ilovasi, 7.15-bandida (transport vositasida ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari ko‘rinishini cheklaydigan, to‘g‘ri aniqlanishiga xalaqit beradigan har xil buyumlar o‘rnatilgan va qoplamalar bilan qoplangan bo‘lsa) belgilangan talablarni buzganliklari bo‘yicha Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 127-moddasi 2-qismi (davlat raqam belgilarini ko‘rish imkoniyatini cheklaydigan, ularni anglashga to‘sqinlik qiladigan turli ashyolar o‘rnatish va qoplama surtish) tartibida ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Fotoradarga tushib qolmaslik uchun mashinasi raqamiga «jasad bor» yozgan haydovchi aniqlandi