22:17 / 12.01.2021
1 983

MIB tomonidan fuqarolarning mehnat bilan bog‘liq nizolari bartaraf qilindi

MIB tomonidan fuqarolarning mehnat bilan bog‘liq nizolari bartaraf qilindi
Mehnat qonunchiligiga ko‘ra, hech kim asossiz ravishda ishdan bo‘shatilishi mumkin emas. Ammo bunga qaramay ijtimoiy hayotda mehnat nizolari uchrab turadi.

Majburiy ijro byurosi Olot tumani bo‘limi ish yurituviga fuqarolik ishlari bo‘yicha Qorako‘l tumanlararo sudining 13.10.2020 yildagi Olot tuman mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limiga nisbatan undiruvchi I.Ayto‘g‘diyevani ishga tiklash, majburiy progul uchun 7,6 mln. so‘m ishdan bo‘shatish nafaqasini saqlagan holda ish haqi undirish to‘g‘risida ijro varaqasi kelib tushgan.

Majburiy ijro harakatlari davomida undiruvchi I.Ayto‘g‘diyeva tumandagi “Xosabo‘yi” mahalla fuqarolar yig‘ini raisining o‘rinbosari vazifasiga ishga tiklandi va majburiy progul kunlari uchun ish haqi undirib berilishi ta’minlandi.

Xuddi shunday, Byuroning Kogon shahar bo‘limi ish yurituviga fuqarolik ishlari bo‘yicha Kogon tumanlararo sudining 26.05.2017 yildagi qarzdor Kogon tuman arxitektura va qurilish bo‘limidan undiruvchi K.Barotov foydasiga 10,8 mln. so‘m ish haqini undirib berish to‘g‘risida ijro hujjati yuzasidan ham ish haqlarini undirib berilishi ta’minlandi.

Buxoro shahar bo‘limi ish yurituviga fuqarolik ishlari bo‘yicha Buxoro tumanlararo sudining 26.11.2020 yildagi qarzdor Buxoro davlat tibbiyot institutidan undiruvchi T.Mirjonova foydasiga turmush o‘rtog‘i vafoti tufayli 93,5 mln. so‘m miqdorida bir yo‘l to‘lanadigan nafaqa undirish to‘g‘risida ijro hujjati kelib tushgan.

Majburiy ijro harakatlari davomida undiruvchi foydasiga 93,5 mln. so‘m nafaqa pullarini undirib berilishi ta’minlandi va ijro hujjati amalda tamomlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB tomonidan fuqarolarning mehnat bilan bog‘liq nizolari bartaraf qilindi