23:55 / 13.01.2021
2 264

Tadbirkor himoyasida...

Tadbirkor himoyasida...
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devoniga Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida faoliyat yuritgan “Nov-Kamoliddin ishonch”, “Nov-parvoz ishonch”, “Nov-Nilufar agro omad ishonch”, “Nov-Yunus ishonch” fermer xo‘jaliklari murojaat qilib 2018 yilda tuman hokimligi qarori bilan Davlat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilgan yer maydonidagi buzilgan bog‘ uchun kompensatsiya to‘lanmasdan kelayotganligi, bu borada bir necha marotaba hokimlikka qilgan murojaatlari e’tiborsiz qolayotganligini bildirib, shu masalada amaliy yordam ko‘rsatishni so‘ragan.

Vakil Devoni tomonidan o‘z navbatida masala mohiyati to‘liq o‘rganib chiqilib Zangiota tumanlararo iqtisodiy sudiga fermer xo‘jaliklari manfaatida da’vo ariza kiritildi.

Sud muhokamasi davomida masala atroflicha o‘rganib chiqilib taraflarning fikrlari eshitildi va Yangiyo‘l shaxar xokimligi tomonidan tadbirkorlarga jami 780.0 mln.so‘m mablag‘ undirib berish to‘g‘risida qaror qabul qilindi va hokimlik tomonidan kompensatsiya mablag‘larini tadbirkorlarga to‘liq to‘lab berilishi ta’minlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tadbirkor himoyasida...