Yunusobod tumanini 2021–2022 yillarda kompleks rivojlantirish dasturi ishlab chiqildi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri tumanlarining hokim va sektor rahbarlari, Yunusobod tumani mahalla raislari hamda yoshlar bilan muloqoti vaqtida ma’lum qilindi.
Bosh vazir o‘rinbosarlari – O‘zbekiston investitsiyalar va tashqi savdo vaziri hamda iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining ma’lum qilishicha, Yunusobod tumanidagi 63 ta mahallaning rivojlanish darajasi, mavjud muammo va imkoniyatlari o‘rganilgan.
Dastur doirasida sanoat va xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish yo‘nalishida umumiy qiymati 14,4 trillion so‘mlik 141 ta yirik va o‘rta investitsiya loyihasi shakllantirilgan. Ular doirasida 936 million dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirib, qariyb 8 mingta yangi ish o‘rni yaratish maqsad qilingan.
Ishsiz aholini tadbirkorlikka jalb etish maqsadida Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasidan 1 milliard so‘m subsidiya ajratilib, tumandagi 260 nafar fuqaroning bandligi ta’minlanadi. Mehnat organlari yo‘llanmasi asosida 600 nafardan ziyod ishsiz kasb-hunarga o‘qitiladi.
Infratuzilmani rivojlantirish chora-tadbirlari ham belgilangan. Xususan, 2021 yilda 75 kilometr issiqlik va 108 kilometr elektr tarmoqlari, 101 ta transformatorda ta’mirlash-tiklash ishlari amalga oshiriladi. 86 ta ko‘cha kapital ta’mirlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi