3 336
Prezident Chilonzor hokimi yolvorib vazifalarni bajarishga va’da bergani uchun uni ishdan bo‘shatmaganini aytdi
Chilonzor tumani hokimi Sarvar Mahametov Prezident tomonidan belgilangan vazifalarni uch oy ichida bajarishga va’da berib, lavozimida qoldi, deya xabar bermoqda «Gazeta.uz».
Prezident Shavkat Mirziyoyev tumanlar hokimlari qatnashgan majlisda Yunusobodning 63 ta mahallasining yangi ish tizimini muhokama qildi.
Maxsus ishchi guruh mahallalarning rivojlanish darajasi, mavjud muammolari va imkoniyatlarini o‘rganib chiqdi. Bosh vazir o‘rinbosarlari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umrzoqov va iqtisodiy rivojlanish va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov Yunusobod tumanini rivojlantirishning 2021—2022 yillarga mo‘ljallangan kompleks dasturini taqdim etdi.
Xuddi shunday ish tizimini Toshkentning boshqa tumanlaridagi mahallalarda ham joriy etish rejalashtirilgan. Bu haqda gapirganda, Prezident Chilonzor tumani hokimi Sarvar Mahametovni lavozimidan ozod etish haqida o‘ylagani, ammo hokim uch oy ichida topshiriqlarni bajarishga va’da berganini aytdi.
«Men Chilonzor tumani hokimiga u qolishi yoki qolmasligi to‘g‘risida ko‘rsatma berdim. Uni lavozimidan ozod qilmoqchi edim, lekin u yolvorib, buni uch oy ichida bajara olishini aytdi», — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Davlat rahbari Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev Sarvar Mahametovni maqtagani va uning «advokati» sifatida harakat qilganini aytdi. «U televizorda aholiga Chilonzorda nimalar o‘zgarganini aytishi kerak. Tushunarlimi yoki yo‘qmi? Menga maqtov kerak emas, advokat bo‘lish ham shart emas», — dedi Shavkat Mirziyoyev poytaxt hokimiga murojaat qilib.
Avgust oyida Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev poytaxtning beshta tumani hokimlariga, jumladan, Chilonzor tumani rahbariga «pandemiya paytida aholidan kelib tushgan ko‘plab shikoyatlar va topshiriqlarning o‘z vaqtida bajarilmaganligi» uchun hayfsan bergandi.
Sarvar Toshmatovich Mahametov Chilonzor tumaniga 2018 yil oktabr oyidan beri hokimlik qilib kelmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
"Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi!
Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi
Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi
Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi
Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi
Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi
Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi
Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi