date
views 3 029

Buxoro viloyatida avtobus yonib ketdi (foto)

Buxoro viloyatida avtobus yonib ketdi (foto)
Buxoro viloyatida «Jondor» avtoturargohida avtobus yonib ketdi. Hodisa aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

YHXBB matbuot xizmati bergan dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, voqea 17 yanvar kuni soat 09:30 larda, Buxoro viloyati, Buxoro tumanida joylashgan «Jondor» avtoturargohining oxirgi bekatida yuz bergan. Yong‘in 1962 yilda tug‘ilgan Z.O. boshqaruvidagi 76-yo‘nalishda harakatlanuvchi Isuzu avtobusda sodir bo‘lgan.

Foto: YHXBB matbuot xizmati
Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Avtobusning ayrim qismlari yong‘indan zararlangan.

Foto: YHXBB matbuot xizmati
Mazkur hodisa yuzasidan Buxoro tumani IIB YHXB va FVB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, yong‘in sodir bo‘lish sabablariga aniqlik kiritilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Buxoro viloyatida avtobus yonib ketdi (foto)