
Jamoatchilik muhokamasiga e’lon qilingan O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil uchun davlat dasturi loyihasida xalqaro standartlar va insonparvarlik tamoyilini keng joriy etgan holda jazoni ijro etish va probatsiya xizmatini takomillashtirish nazarda tutilmoqda.
Prezident farmoni loyihasida tegishli tashkilotlar zimmasiga 2021 yil 1 iyun oyigacha:
Malumot uchun, probatsiya – mahkumlarga qonun hujjatlariga muvofiq ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolarni qo‘llash tizimi hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Prezident farmoni loyihasida tegishli tashkilotlar zimmasiga 2021 yil 1 iyun oyigacha:
- xalqaro standartlardan kelib chiqib, 25ta manzil-koloniyalarni bosqichma-bosqich qisqartirish;
- birinchi marta ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingan va qat’iy tuzalish yo‘liga o‘tgan mahkumlarni manzil-koloniyaga o‘tkazish amaliyotini bekor qilib, ularni jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish asosida to‘g‘ridan to‘g‘ri probatsiya nazoratiga olish tartibini joriy qilish;
- jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish va jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish to‘g‘risida taqdimnoma kiritish vakolatini jazoni ijro etish muassasalaridan yangi tashkil etiladigan insonparvarlik komissiyalariga o‘tkazish;
- probatsiya nazoratidagi shaxslarning xulq-atvorini nazorat qilish, ularni ijtimoiy moslashtirish va yangi jinoyat sodir etishining oldini olish mexanizmlarini kuchaytirish;
- probatsiya nazoratidagi shaxslarning xatti-harakatlarini, ularga elektron braslet vositasini taqqan holda, real vaqt rejimida elektron kuzatish va monitoring qilish tartibini joriy qilish;
- «probatsiya faoliyati» ta’lim yo‘nalishi va mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish;
- hokimliklar huzuridagi ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan shaxslarni reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirish markazlari faoliyatini takomillashtirish kabi bir qator muhim choralarni nazarda tutuvchi qarorlar loyihalarini tayyorlash va qabul qilish uchun kiritish vazifasi yuklangan.
Malumot uchun, probatsiya – mahkumlarga qonun hujjatlariga muvofiq ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolarni qo‘llash tizimi hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

O‘zbekistonda 25 ta manzil-koloniya bosqichma-bosqich qisqartiriladi

Prezidentga ham yil davomida ishlab topgan puli haqida hisobot topshirish majburiyati yuklatilishi mumkin

Olimlar koronavirusga qarshi vaksinalar turi tasvirlangan video bilan bo‘lishdi

Andijon viloyati hokimi majburiy tibbiy tekshiruvdan o‘tkazishni joriy etish taklifini bildirdi

Toshkentda «kattalar» orqali «ish bitiradigan» shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Sirdaryoda MIB nomdor avtomashinalarni sotuvga chiqardi