21:31 / 19.01.2021
1 835

"Qamchiqavtoyo‘l" unitar korxonasi foydasiga 63,5 mln. so‘m qarzdorlik undirildi

"Qamchiqavtoyo‘l" unitar korxonasi foydasiga 63,5 mln. so‘m qarzdorlik undirildi
Majburiy ijro byurosining Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi ish yurituvida Namangan tumanlararo Iqtisodiy sudining 14.04.2020 yildagi № 4-1601-2001/184-sonli ijro varaqasiga asosan, qarzdor “Maxsusyo‘lqurilish” DUKdan undiruvchi “Kamchikavtoyo‘l” ixtisoslashtirilgan yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi foydasiga jami 63.531.210 so‘m qarz undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘lim ish yurituviga 15.04.2020 yil kuni kelib tushgan.

Mazkur ijro hujjati bo‘yicha bo‘lim davlat ijrochisi M.To‘laganov tomonidan ijro ishi yuritish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, qaror nusxasi taraflarga pochta aloqa bo‘limi orqali yuborilib majburiy ijro harakatlari olib borilgan.

Majburiy ijro harakatlari davomida qarzdor tashkilotdan jami 63.531.210 so‘m qarz pullari undiruvchi “Kamchikavtoyo‘l” ixtisoslashtirilgan yo‘llardan foydalanish unitar korxonasiga to‘liq undirib berilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » "Qamchiqavtoyo‘l" unitar korxonasi foydasiga 63,5 mln. so‘m qarzdorlik undirildi