
Navoiy viloyatining Zarafshon shahrida qo‘rqitish yo‘li bilan tamagirlik qilgan 34 yoshli ayolga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, 11 yanvar kuni 34 yoshli ayol A.M. g‘arazli niyatni ko‘zlab, 40 yoshli ayol R.A.ni cho‘milayotgan holatda videotasvirga tushirgan. So‘ng olingan videotasvirni uning ish joyi hamda mahallasiga olib borib ko‘rsatish va tarqatish yo‘li bilan qo‘rqitib, undan 3 million so‘m talab qilgan.
A.M. Zarafshon shahridagi «Mo‘’jizalar maydonchasi» savdo majmuasi yonida R.A.dan 1 million 900 ming so‘m olayotganida IIB Jinoyat qidiruv bo‘limi tezkor xodimlari tomonidan xolislar ishtirokida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Holat yuzasidan A.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda surishtiruv ishlari davom etmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar