
Ijtimoiy tarmoqlarda «Navoiy viloyati Navbahor tumani Yangiyo‘l mahallasida yashaydigan 2-guruh nogironi Sh.U.ning aqli zaifligidan foydalanib, bo‘yniga arqon o‘rab azob berilgani aks etgan videolavha tarqaldi. Hodisaga Navoiy viloyati IIB o‘z munosabatini bildirdi.
Qayd etilishicha, ushbu videolavhani o‘rganish davomida videolavhadagi shaxs haqiqatdan ham Navbahor tumani Yangiyo‘l mahallasida yashovchi, 2-guruh nogironi Sh.U. ekanligi hamda holat 2021 yilning 22 yanvar kuni soat 14:00 da sodir bo‘lganligi ma’lum bo‘lgan. Mazkur videolavha fuqaro P.K tomonidan o‘zining yashash xonadonidagi molxonasida shunchaki hazil uchun olingani va do‘stlariga tashlagani, ijtimoiy tarmoqlarga qanday chiqib ketganligidan xabari yo‘qligi aniqlangan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan Navbahor tuman IIB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar