4 806
Nurmat Otabekov fevral oyida karantin cheklovlari qayta tiklanishiga oid xabarlarga izoh berdi
Ijtimoiy tarmoqlarda koronavirusning yangi shtammi O‘zbekistonda ham aniqlangani, bu kasallik oldingisidanda og‘ir kechishi to‘g‘risidagi audio tarqaldi. Shuningdek, Toshkent davlat pedagogika universitetida ham virusning yangi shtammi qayd etilganiga oid ma’lumotlar e’lon qilindi.
“Gap bundoq, fevral oyidan boshlab karantin qaytarkan. Kovid markazlar yana ochilarkan. Yangi shtammda burun bitib, tomoq yiringlashi, ich ketishi bilan kecharkan. Kasallik juda keskin kecharkan. Kimda kuzatilsa darhol shifokorga murojaat qilsin”, – deydi kimligi noma’lum bo‘lgan erkak.
Vaziyat bo‘yicha izoh olish uchun Koronavirusga qarshi kurashish respublika shtabi a’zosi Nurmat Otabekov bilan bog‘landik.
“O‘zbekistonda koronavirusning yangi shtammi qayd qilinmagan. Yuqoridagi audioda aytilgan belgilar oldingi shtammga ham xos bo‘lishi mumkin. Yangi shtamm qayd qilinmagani tufayli ehtiyot choralarini susaytirish yaramaydi. Biz hamon pandemiya davrida yashayapmiz.
Karantin choralarining fevral oyida kuchaytirilishi haqidagi gaplar o‘rinsiz. Bu borada faqat respublika maxsus komissiyasi qaror chiqarishi mumkin. Bunday qaror chiqarilganda esa rasman e’lon qilinadi.
O‘zbekistonda har kuni turli hududlarda koronavirus aniqlanmoqda. Shu jumladan, Toshkent davlat pedagogika universitetining talabasida ham koronavirus infeksiyasi qayd etilgani rost. Ammo bu yangi shtamm emas, umuman epidemiologik vaziyat ham barqaror. O‘sha fakultet talabalariga ma’lum muddat javob berilgani esa standart amaliyot.
Takror aytaman, kasallik bizga kirib kelmabdi, deya xotirjamlikka berilish, himoya va gigiyena qoidalarini unutish to‘g‘ri emas. Ehtiyot choralari hamon amalda”, – dedi Nurmat Otabekov. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning yetakchi universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda
“Umra” ziyoratiga borib kelish tartibi takomillashtiriladi
Jizzaxda uchta yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi
Shimoliy Koreya yangi ko‘rsatkichlarga ega ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi
“Roma” Shomurodov uchun yana 8 million yevro xarajat qiladi!
O‘zbekistonliklar doimiy yashash uchun ko‘proq qaysi davlatlarga ko‘chib ketmoqda?
D vitamini dozasini oshirib yuborishning xavfli oqibatlari