O‘zbekistonda Prezident saylovlari oktabr oyi uchinchi o‘n kunligining birinchi yakshanbasida o‘tkazilishi mumkin. Bu haqda «Yuksalish» umummilliy harakati xabar berdi.
Qayd etilishicha, ushbu masala Quyi palatadagi siyosiy partiyalar fraksiyalari yig‘ilishida muhokama qilingan. Agar yangi tartib qabul qilinsa, 2021 yilga Prezident saylovlari 24 oktabrga to‘g‘ri keladi.
Konstitutsiya va Saylov kodeksiga esa tegishli o‘zgartishlar kiritish kerak bo‘ladi. Avval Prezident saylovlari dekabr oyi uchinchi o‘n kunligining birinchi yakshanbasida o‘tkazilardi.
Muhokamaga qo‘yilgan 2021 yilgi Davlat dasturi loyihasiga ko‘ra, O‘zbekistonda Prezident sayloviga tayyorgarlik jarayonlari 2021 yil 1 martdan boshlanadi. Saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuksak saviyada o‘tkazish bo‘yicha aniq choralar belgilanadi. Shuningdek, xalqaro kuzatuvchilar tomonidan berilgan maqbul tavsiyalarni milliy qonunchilik va amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha takliflar ham ishlab chiqiladi.
Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev 29 dekabr kuni Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida 2021 yilda o‘tkaziladigan «davlat va xalq hayotidagi muhim siyosiy hodisa» — prezidentlik saylovlari masalasiga to‘xtalib o‘tgandi. O‘shanda Shavkat Mirziyoyev Markaziy saylov komissiyasi «bo‘lajak saylovlarning milliy qonunchilik va umume’tirof etilgan xalqaro demokratik tamoyillar asosida yuksak saviyada tashkil etilishiga alohida e’tibor qaratishi» lozimligini ta’kidlagan.
Ma’lumot uchun, Prezident saylovini O‘zbekiston fuqarolari umumiy, teng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan amalga oshiradi. Ushbu lavozimga 35 yoshdan kichik bo‘lmagan, davlat tilini yaxshi biladigan, bevosita saylovgacha kamida 10 yil O‘zbekiston hududida muqim yashayotgan O‘zbekiston fuqarosi saylanishi mumkin.
O‘zbekiston Prezidenti besh yil muddatga saylanadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?