12:30 / 26.01.2021
1 719

MIB faoliyatidan: Sirdaryo va Xorazmdagi oilalar ham yarashtirilmoqda

MIB faoliyatidan: Sirdaryo va Xorazmdagi oilalar ham yarashtirilmoqda
Mamlakatimizda oilaviy ajrimlarning oldini olish bo‘yicha muntazam chora-tadbirlar amalga oshirilib, bu borada davlat idoralari va jamoat tashkilotlari hamkorligiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Oiladagi notinchlik, ajrimlar sabab faqat er-xotin aziyat chekmaydi.

Bunday holatlarda o‘sha oila farzandlari – ertamiz egalari bo‘lgan yoshlar kamoloti ham so‘roq ostida qoladi. Ajrimlar kamayishi uchun barcha imkoniyatlar ishga solinmoqda. Majburiy ijro byurosi xodimlari ham nafaqat aliment qarzdorliklarini undirish, shu bilan birga, ajrashgan oilalarni yarashtirishga ham ko‘maklashmoqda.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Oqoltin tumanlararo sudining 14.03.2019 yildagi sud buyrug‘iga asosan qarzdor S.Sherovdan undiruvchi X.Sherovaga bir nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘yicha Byuroning Sardoba tuman bo‘limi davlat ijrochilari tomonidan olib borilgan tushuntirishlar natijasida oilaviy kelishmovchilikka chek quyildi.

Shu o‘rinda, 2021 yilning 20 kunida tuman bo‘limi davlat ijrochilari tomonidan 10 ta oila qayta tiklandi. Bunday xayrli ishlarda bolajonlarimizning quvonchi cheksiz.

Oila – muqaddas. Uni asrab-avaylash har birimizning burchimiz. Bunday xayrli ishlar davom etadi. Farzandni kamolga yetkazish, to‘g‘ri tarbiya berish, har tomonlama barkamol qilish har bir ota-onaning vazifasi va burchidir. Ammo jamiyatimizda bu vazifa va burchga bepisant va e’tiborsiz bo‘lgan ota-onalar ham uchrab turadi.

Ma’suliyat va burchni yanada oshirish maqsadida Majburiy ijro byurosi Bog‘ot tuman bo‘limi tomonidan ajrashgan oilalarni tiklash, voyaga yetmagan farzandlarning barkamol tarbiya topishi, ajrashgan oilalar sonining kamaytirish yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Jumladan, shu yilning 20 yanvar kuniga qadar bo‘lim tomonidan 10 nafar ajrashgan oilalar yarashtirilib, birga yashab hayot kechirishmoqda. Oddiygina aytganda, ajrashgan oilalarni tiklash, voyaga yetmagan farzandning barkamol tarbiya topishi, ajrashgan oilalar sonining kamayishiga erishildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB faoliyatidan: Sirdaryo va Xorazmdagi oilalar ham yarashtirilmoqda