16:23 / 28.01.2021
1 669

Sirdaryoda qarzdorlik evaziga 283 ta mol-mulklar onlayn-auksion orqali 38,3 mlrd. so‘mga sotildi

Sirdaryoda qarzdorlik evaziga 283 ta mol-mulklar onlayn-auksion orqali 38,3 mlrd. so‘mga sotildi
So‘nggi yillarda mamlakatimizda sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini ilg‘or xorijiy tajribalar asosida takomillashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Majburiy ijro byurosi tashkil etilganidan buyon Byuro organlari faoliyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan Prezident farmonlari, qarorlari va hukumat qarorlari qabul qilindi.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 27.07.2017 yildagi PQ-3149-sonli “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2017 yil 1 sentabrdan boshlab, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish bo‘yicha auksion savdolari faqatgina «E-IJRO AUKSION» yagona elektron savdo maydonchasida elektron onlayn-auksionlar shaklida o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yildi.

O‘tgan davr mobaynida, Sirdaryo viloyatida davlat ijrochilari tomonidan 180 ta 10,2 mlrd. so‘mlik avtotransport vositalari, 63 ta
26,5 mlrd. so‘mlik ko‘chmas mulklar,40 ta 1,6 mlrd. so‘mlik maxsus texnika va boshqa turdagi jami 283 ta 38,3 mlrd. so‘mlik mol-mulklar elektron onlayn-auksion savdolari orqali sotilishi ta’minlandi.

Byuro organlari ish yurituvida qoldiqda bo‘lgan ijro hujjatlari sonini hamda qarzdorliklarni qisqartirish, undiruv samaradorligini oshirish maqsadida olib borilayotgan ijro harakatlari davomida davlat ijrochilari tomonidan xatlangan 7 ta 819,5 mln. so‘mlik avtotransport vositalari, 64 ta 54,5 mlrd. so‘mlik ko‘chmas mulklar va 25 ta 2,5 mlrd. so‘mlik maxsus texnika va boshqa turdagi mol-mulklar elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarilgan bo‘lib, hozirda auksion savdolari davom etmoqda.

Kelgusida auksion savdolariga chiqarilgan mol-mulklarning sotuvidan tushadigan pul mablag‘lari qonunda belgilangan tartibda qarzdorliklarni qoplashga yo‘naltiriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sirdaryoda qarzdorlik evaziga 283 ta mol-mulklar onlayn-auksion orqali 38,3 mlrd. so‘mga sotildi