12:20 / 29.01.2021
1 539

125 gramm zahri qotilning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

125 gramm zahri qotilning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi
Bugungi kunda giyohvandlik butun dunyo xalqlari boshiga ko‘plab kulfatlarni keltirmoqda. Yurtimizda bu illatning oldini olish, giyohvand moddalarning noqonuniy savdosiga qarshi kurashish borasida bir qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari bilan hamkorlikda Toshkent viloyati Ohangaron tumani hududida tezkor tadbir o‘tkazishdi.

Tadbir davomida, Ohangaron tumani hududida harakatlanib ketayotgan fuqaro S.Z. boshqaruvidagi bo‘lgan “Neksiya” rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilib o‘rnatilgan tartibda ko‘zdan kechirildi.

Natijada, avtomashinada yo‘lovchi sifatida ketayotgan fuqaro I.Sh.ning egnidagi kiyimining o‘ng cho‘ntagida bir dona rangsiz skotch bilan o‘ralgan, o‘ziga xos o‘tkir hidli, og‘irligi 125 gramm bo‘lgan, gashish giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 125 gramm zahri qotilning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi