
Tovar moddiy boyliklarini yurtimizga turli nayranglar bilan olib kirishga bo‘lgan urinishlarga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.
Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “S.Najimov” chegara bojxona postiga qo‘shni mamlakatdan kirib kelgan, fuqaro M.I. boshqaruvidagi “MAN” rusumli yuk avtotransport vositasi belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.
Natijada, avtomashinada umumiy qiymati 27 million so‘mlik yelim tovarlari borligi aniqlandi. Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar