
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti talabaci koronavirus testini soxtalashtirdi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati Axborot xizmati «Xalq so‘zi»ga ma’lum qildi.
«Talaba COVID testini «poddelka» qilgan. Darsga kechga qolib, xususiy poliklinikadan ma’lumotnoma sifatida olib borgan.
Xodimlarimiz tomonidan epidemiologik surushtiruv o‘tkazilganida ma’lumotnomani talabaning o‘rtog‘i soxtalashtirgani aniqlangan», deydi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati vakili.
Qayd etilishicha, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati xodimlari tomonidan epidemiologik surushtiruv o‘tkazildi. Surushtiruv natijasida ushbu ma’lumotnoma soxta ekanligi aniqlandi. Ma’lumotnoma bergan klinikaga murojaat qilinganda, uning soxta ekanligi yozma tarzda tasdiqlandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar